Fanlardan elektron testlar bazasi shakllantirib boriladi.
Har bir foydalanuvchi fanlar bo‘yicha erishgan natijalarini kuzatib boradi.
Onlayn test natijasi asosida o‘zlashtirilishi zarur bo‘zgan bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Loyihada test texnologiyalari yordamida oʻqitishni joriy etish, mustaqil oʻrganishni ragʻbatlantirish, o‘rganuvchilarni fanlardan o‘zlashtirishini sezilarli darajada oshirishga erishish maqsad qilingan. Ushbu platforma o‘rganuvchilarning umumtaʼlim va pedagogik fanlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini tashxislash, mavjud boʻshliqlarni aniqlab rivojlantiriladigan sohalar boʻyicha tavsiyalar berish, taqdim etilgan manbalar yordamida mustaqil o‘qishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Platformada bosqichma-bosqich quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa materiallarni taqdim etish;
cheksiz testlardan foydalanish imkoniyati;
milliy sertifikat test sinovlari andozasida diagnostik testlardan foydalanish;
attestatsiya test sinovlari andozasida diagnostik testlardan foydalanish;
fan boʻlimlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini tashxislash;
diagnostik test natijalari asosida rivojlantiriladigan sohalar boʻyicha tavsiyalar olish;
natijalaringizni boshqalar natijasi bilan solishtirish, oʻz darajangizni aniqlash;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha ta’lim tashkilotlariga ichki monitoring sinovlarini tashkil etish va taʼlimni rivojlantirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Eslatma! Platformamiz imkoniyatidan foydalanishingiz bizning o‘quvchimiz va yuqoridagi shartlar asosida xizmatlarimizdan foydalanishga roziligingizni anglatadi.
Copyright © 2025 nTest. Barcha huquqlar himoyalangan